Fermer xo‘jaligida yetti yillik qonuniy stajim bor

Elmira Bositxonova forum doirasida Jomboy tumanidagi «Gulnora agro yeri» fermer xo‘jaligi ishchi xodimlari bilan uchrashdi. Bu yerda 20 nafarga yaqin xotin-qizlar mehnat qiladi.

– Shu fermer xo‘jaligida olti yildan beri ishlaymiz, dala ishlarini qilamiz, pilla boqamiz, – deydi  Kattaqishloq mahallasida yashovchi Mirzayeva Surayyo. – Har oyda olti yuz ming so‘mdan ziyod maosh olamiz. G‘alladan bo‘shagan yerdan yarim gektariga mosh, loviya, kartoshka ekkanmiz. Paxta chopganimizga somon, pilla vaqti un, yog‘ berildi. Ro‘zg‘orimiz shu yerning orqasidan, shukur.

Bosh vazir o‘rinbosari fermer xo‘jaligida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga sovg‘a-salomlar tarqatdi.

http://zarnews.uz/uz/post/fermer-xojaligida-etti-yillik-qonuniy-stajim-bor

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram