O‘zbekistonda 41 sentner va undan yuqori hosil kutilayotgan xo‘jaliklarga topshirilgan don qiymatining 100 foizi hisob-kitob qilinadi

Hukumat qarori bilan Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligi va yalpi hosilini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Nizomga muvofiq, tuman hokimi qarori bilan g‘alla yig‘imini tashkil etish hamda boshoqli don yalpi hosili va hosildorligini aniqlash maqsadida o‘rim-yig‘im otryadlari tuziladi.

G‘alla to‘liq o‘rib olinmaguncha kombaynlarning fermer dalasidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘rim-yig‘im boshlanishidan oldin 41 sentner va undan yuqori hosil to‘plash haqida xulosa berilgan korxonalarga dastlabki bosqichda topshirilgan don qiymatining 100 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.

Qolgan korxonalar uchun esa 85 foizi miqdorida hisob-kitob qilinadi.

Hisob-kitob qilishda hosildorlik 41 sentner va undan yuqori bo‘lganda ustama, 40 sentnerdan kam bo‘lganida esa chegirma qo‘llaniladi.

https://daryo.uz/2019/04/29/ozbekistonda-41-sentner-va-undan-yuqori-hosil-kutilayotgan-xojaliklarga-topshirilgan-don-qiymatining-100-foizi-hisob-kitob-qilinadi/

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram