O‘zbekistonda fermerlar davlatga 9 million tonna g‘alla topshirishni reja qilgan
Suvli maydonlarga ekilgan g‘allazorlardan 2 million 550 ming tonnadan ortiq bug‘doy jamg‘arilib, davlat xaridi to‘liq bajarildi. Bu haqda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Kengash taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, har gektardan 2,5 tonnabug‘doy olingan bo‘lib. birjalarda sotish uchun omborlarda zaxira qilingan.
Joriy yil hosili uchun biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi serhosil va ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli kuzgi bug‘doy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi.
Mavsumda 4,5 mingdan ortiqfermer xo‘jaliklari 100 sentnerdan yuqori xirmon yaratdi. Bunda 40 mingga yaqin g‘allachilik fermer xo‘jaliklarining munosib hissasi bor.
Qariyb 5 mingga yaqin fermer 285 ming gektarda o‘z mablag‘lari hisobiga g‘alla yetishtirdi, — deyiladi axborotda.
Qo‘shimcha qilinishicha, suvli maydonlar hamda lalmi va chorvachilik xo‘jaliklari maydonlarida yetishtirilgan hosil hisobidan jami 9 million tonnadan ortiq g‘alla olish reja qilingan bo‘lib, hozirda dalada o‘rim-yig‘im ishlari davom etmoqda.
https://daryo.uz/2024/06/30/ozbekistonda-fermerlar-davlatga-galla-sotish-rejasini-bajardi