Agrosanoat rivoji – zamon talabi

Agrosanoat rivoji – zamon talabi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani “Samankoʻl” ovul fuqarolar yigʻinida ikki yilcha oldin 15,3 gektar yerda umumiy qiymati 69,6 milliard soʻmlik “Xoʻjayli Agrosanoat markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati inshooti qurilib foydalanishga topshirilgan edi.

Markazni zamonaviy jihozlash maqsadida Janubiy Koreya, Turkiya va Xitoydan zamonaviy uskunalar keltirib oʻrnatildi. Bugungi kunda markaz qoshidagi issiqxonada gektariga 50 tonnadan pomidor, bodring va boshqa mahsulotlar yetishtirilmoqda. Ushbu mahsulotlar nafaqat ichki bozorga chiqarilayotir, balki Qozogʻiston Respublikasiga ham eksport qilinmoqda.

Korxonada tashkil etilgan logistika markazidagi 2710 tonnalik muzlatgich uskunalari mahsulotlarni uzoq muddat saqlash imkonini beradi. Shuningdek, bu yerda don, sabzavot va poliz mahsulotlarini qayta ishlash hamda qadoqlash liniyalari ham mavjud.

Markazda 80 kishining bandligi taʼminlangan. Ularning unumli mehnat qilishi, dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

http://uza.uz/uz/society/agrosanoat-rivoji-zamon-talabi-20-02-2020

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram