Gʻoʻzaning yangi innovatsion navlari yaratildi

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi genetika va oʻsimliklar eksperimental biologiyasi olimlari tomonidan gʻoʻzaning yangi “Zangi-Ota-2”, “Ishonch” hamda “Zafar” navlariga patent olindi.

Gʻoʻzaning yangi istiqbolli“Zangi-Ota-2” navi tezpishar, tola chiqimi va sifati yuqori, turli iqlim-tuproq moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Hozirda bu nav Qashqadaryo viloyati yangi navlar urugʻligini koʻpaytirish fermer xoʻjaligida koʻpaytirilmoqda.

Gʻoʻzaning yangi istiqbolli “Ishonch” navi andoza navlarga qaraganda, suv tanqisligi, tuproq shoʻrxokligiga bardoshli, tola sifati jahon standartlariga toʻla javob beradi. Ishonch gʻoʻza navi hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatining suv tanqis tumanlarida ekib koʻpaytirilmoqda.

Gʻoʻzaning istiqbolli “Zafar” navi olingan natijalarga asosan Respublikamizning turli viloyat nav sinash shahobchalarida tolaning sifat koʻrsatkichlari yuqori va barqaror boʻlganligini koʻrsatdi. Bu nav hozirigikunda Quva tumani yangi navlarni urugʻligini koʻpaytirish fermer xoʻjaliklarida ekib koʻpaytirilmoqda.

http://www.academy.uz/uz/news/view/511

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram