Suv taʼminoti ogʻir hududlarda 400 dan ortiq artezian quduqlari qaziladi

2019-2020 yillarda respublikamizdagi suv taʼminoti ogʻir, ammo isteʼmolga yaroqli yer osti suv zaxirlari yetarli boʻlgan mahallalarda 400 dan ortiq artezian quduqlari qaziladi. Buning uchun 40 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashida suv resurslaridan oqilona foydalanishga bagʻishlangan seminarda shu haqda maʼlum qilindi.

Kengash rahbari Aktam Hayitovning aytishicha, suv resurslari cheklangan, taʼminoti ogʻir hududlarlarni aniqlashda kengash mutaxassislari ham faol ishtirok etdi. Vaziyat nafaqat tumanlar, balki mahallalar va koʻchalar kesimida oʻrganildi. Natijada qayerda, qancha quduq qazish zarurligi aniqlandi.

Artezian quduqlarini qazish “Tomorqa xizmati” MCHJ va “Suvqurilishinvest” davlat unitar korxonasi tomonidan bajariladi. Buning evaziga ikki yil davomida 400 dan ortiq mahallalar aholisining ichimlik suvi taʼminoti yaxshilanib, ularning umumiy maydoni 11,5 ming gektarni tashkil qiladigan tomorqalarini oʻz vaqtida sugʻorish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish imkoniyati paydo boʻladi.

Said RAHMONOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram