Namanganda fermerlar kengashlari shikoyatlariga asosan hokimliklarning 34 ta qarori bekor qilindi

Namanganda joriy yili viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan fermer xo‘jaliklari manfaatlarini ko‘zlab jami 143,4 milliard so‘mlik 512 ta to‘lov talabnomalari kiritildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qayd etilishicha, ularning aksariyati qanoatlantirilib, fermer va dehqon xo‘jaliklariga 142,6 mlrd so‘m to‘lab berilishiga erishilgan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Shahar-tuman hokimlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish va majburiyat yuklash haqida 45 ta shikoyat arizalari tayyorlandi va 34 ta holatda hokimliklarning qarorlari haqiqiy emas deb topildi. Fuqarolik sudlariga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlaridan majburiy chiqarish bo‘yicha 39 ta da’vo arizasi kiritilib, shundan 13 tasi sudlar tomonidan qanoatlantirildi va yer maydonlari haqiqiy egalariga olib berildi”, — deydi viloyat kengashi raisi Nosir Qayumov.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qayumovning ta’kidlashicha, kengash tomonidan joriy yil 6 oyi davomida sudlarga 3,3 milliard so‘mlik 133 ta da’vo arizalari kiritilgan. Ular sudlar tomonidan ko‘rib chiqib, 2,4 milliard so‘mlik 108 ta ariza bo‘yicha fermerlar foydasiga hal qiluv qarorlari chiqarilishiga erishilgan.

https://daryo.uz/2022/08/21/namanganda-fermerlar-kengashlari-shikoyatlariga-asosan-hokimliklarning-34-ta-qarori-bekor-qilindi/?utm_source=@daryo

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram