Respublika ishchi guruhi “Tomorqa xizmat” MCHJlar tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini yetishtirish va sotishga ko‘maklashish bo‘limi bosh mutaxasisi Bahodir Artikov,  O‘zbekiston fermer dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashini qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasi xodimi Mirza Dosanov, O‘zbekiston fermer dexqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashini qo‘llab- quvvatlash jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston bo‘yicha vakili Allaniyaz Ajimov hamda tuman fermerlar kengashi Agronomi Javlon Rajabovlardan iborat ishchi guruhi Amudaryo tumani “Chordara” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil qilingan “Amudaryo tomorqa xizmat” MCHJ korsterida bo‘lib  bugungi kunda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

“Amudaryo tomorqa xizmati” MCHJ faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi PQ-4767 sonli qaroriga muvofiq klaster usulida tashkil etilgan.
Korxona rahbari Ozodboy Qurbonboyev.
Loyiha qiymati: 6,5 mlrd so‘m, shundan Kengash huzuridagi jamg‘armadan 5 mlrd so‘m kredit ajratilgan, 350 ta doimiy va mavsumiy ish o‘rni yaratilgan.
Tomorqa xizmati klasteri:
ko‘chatchilik issiqxonasi (0,5 ga),
muzlatkichli omborxona (700 tonna),
yuk saqlash omborxonasi (250 tonna),
inkubator (40 ming dona tuxum),
naslli qo‘y boqish, ixcham issiqxonalar qurish sexi,
texnika parki,
tomorqachilarni o‘qitish markazi,
mevani quritish, qayta ishlash, qadoqlash va saralash sexi,
sutni qabul qilish punkti va qayta ishlash sexi ishga tushirilmoqda.

-“Tomorqa xizmati” MCHJ korxonalarini kengash huzuridagi jamg‘armadan ajratiladigan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar orqali qo‘llab-quvatlash va talabgorlar ro‘yxatini shakllantirish va monitoring qilish;
– Quva, Jomboy, Chiroqchi ilmiy amaliy o‘quv markazlari namunasi misolida hududlarda jumladan, Amudaryo tumanidagi ilmiy – amaliy o‘quv markazida o‘quv dasturi asosida o‘qitishni tashkil etish.

Shundan so‘ng “Choyko‘l” OFY xududida yangidan tashkil qilingan “Mang‘it tomorqa xizmatlari ko‘rsatish” MCHJ faoliyati bilan tanishish bugungi kunda qiynayotgan muammolar bilan tanishish va yechimini topish maqsadida korxona rahbari Djumamuratov Azimjon bilan suxbatlashdilar.

“Mang‘it tomorqa xizmatlari ko‘rsatish” MCHJ 2022 yil yanvar oyida yangidan takshil topgan bo‘lib o‘zumchilikni rivojlantirish va qayta ishlash maqsadida tashkil qilingan, bugungi kunda 1000 tonnalik muzlatgich omborining qurilish 95 foiz yakuniga yetgan. Muzlatgich ishga tushganidan keyin qo‘shimcha yana 12 kishining doimiy bandligi ta’minlanishiga erishiladi bundan tashqari mavsumiy ishlarga 80 kishi jalb qilinadi.

Amudaryo tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi xuzuridagi Fermer xo‘jaliklarida
buxgalteriya hisobi va hisob kitobini yuritish markazida aholi xonadonlarida tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha Agronom  Rajabov Javlon Yangiboy o‘g‘li

http://amudarya.uz/article/865

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram