O‘zLiDeP rahbari Xorazmda kambag’allikni kamaytirish bo’yicha taqdimot qildi

Kecha, 12 mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari kambag’allikni kamaytirish, fuqarolarda tadbirkorlik ruhini uyg’otish masalalariga ham alohida to’xtalib o’tdi.

– Davlatimiz rahbari aholi tomorqalaridan samarali foydalanish orqali kambag’allikni qisqartirish bo’yicha aniq topshiriqlar berdilar, – deydi O‘zLiDeP rahbari A.Xaitov. – Bu esa birinchi navbatda odamlarda tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishni yanada oshirishni talab etadi. Shu bois partiyamiz yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining joylardagi xodimlari bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalar ro’yxatini shakllantirib, ularni yirik va salohiyatli fermerlarga biriktirish bo’yicha aniq manzilli dastur ishlab chiqdik. Xususan, kam ta’minlangan oilalar uchun ixcham issiqxonalar tashkil qilish niyatidamiz. Fuqarolar o’zlarining issiqxonalarda yetishtirgan mahsulotlarini bozorda sotib daromad olish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Ta’kidlash kerak, Xorazm viloyatida 260 mingdan ortiq tomorqa yer egalari mavjud. Ularning ixtiyorida 37 ming gektar atrofida tomorqa yerlari bor.

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram