“Tomorqa xizmati”: 2019-yilda 7400 dan ziyod ixcham issiqxonaga xizmat ko‘rsatildi

2019-yilning o‘tgan davri mobaynida “Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan 108,4 ga maydondagi 7427 ta xonadondagi ixcham issiqxonaga  xizmat ko‘rsatilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Tomorqa xizmati” MChJlari tomonidan 2019 yilda ko‘rsatilgan xizmatlar haqida ma’lumot berildi.

Xususan, 7427 aholi xonadonlaridagi 108,4 ga yerda joylashgan ixcham isssiqxonalarga xizmat ko‘rsatilgan.

Shuningdek, 2019-yilning o‘tgan davri mobaynida “Tomorqa  xizmati”  tomonidan:  

455 ta xonadondagi 3690 ta asalari uyasi uchun;

891 ta xonadondagi 8245 ta quyon uchun;

882 ta xonadonga 30200 ta kurkaga;

4748 ta xonadonda 320 000 ta parrandaga;

1279 xonadondagi 1990 bosh qoramolga;

2347 ta xonadondagi 10596 bosh qo‘yga xizmatlar ko‘rsatilgan.    

https://www.togri.uz/uz/jamiyat/tomor-a-khizmati-2019-iilda-7400-dan-ziyod-ikhcham–17685

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram