KATTAQO’RG’ON:
KECHA VA BUGUN

Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sug‘orish quduqlari o‘rganildi

Jamiyat / Tumanda bugun  03-мар, 17:20  0 0


2023-yil davomida qazib ishga tushiriladigan tik sug‘orish quduqlarini o‘rganish maqsadida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bo‘lim boshlig‘i M.O‘razov,  O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa  yer Kengashining Samarqand viloyati mutaxassisi D.Esanov, Kattaqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘rganish ishlarini olib bordi.

M.O‘razov  tomonidan quduqlarni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24- fevraldagi 109-son qarori ilovasiga asosan “Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risida”gi tasdiqlangan nizomga muvofiqligi o‘rganildi va kamchiliklar tashabbuskorlarga tushuntirildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil   28- oktabrdagi 624-sonli qaroriga ko‘ra tumanda 8 ta mahallada 10 ta sug‘orish quduqlari qazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 4 tasida qazish ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda “Qirg‘iz” mahallasida sug‘orish qudug‘i ishga tushirilgan.

Z.ISMATOV,
Kengash bosh agronomi.

https://kathaq.uz/index.php?newsid=3482

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram