ZARKENT QISHLOG’IDA “PARKENT ZIYO NUR” TOMORQA XIZMATI KLASTERI ISH BOSHLADI 

Muallif: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

photo2022-12-2117-00-27.jpg

Mamlakatimizda 4,5 milliondan ortiq tomorqa egalari bor. Tomorqa xo’jaligida mahsulot etishtirishni klasterlar asosida tashkil qilish — qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish, ta’minot va kreditlash tarmoqlarini qamrab oluvchi kooperatsiya orqali tomorqa er egalarining birlashuvidir.

photo2022-12-2117-00-30.jpg
photo2022-12-2117-00-28.jpg

Tomorqa er egalarining klasterlarga birlashib, o’z tomorqalaridan foydalanishi ularning mehnati samaradorligini bir necha marotaba oshirishga imkon beradi.

photo2022-12-2117-00-29.jpg

Bunga tegishli zamin yaratilgan. Chunonchi, 2018 yildan boshlab mamlakatimizda «Tomorqa xizmati» MChJlar faoliyati yo’lga qo’yildi. Bugun esa «Tomorqa xizmati» MChJlar negizida klasterlar tashkil etish orqali tomorqa er egalarining imkoniyatlari birlashmoqda.

photo2022-12-2117-00-33.jpg

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yo’lga qo’yilgan bu tizim o’zini to’la oqlayapti, desak xato bo’lmaydi. Shu jihatdan, tomorqalarda etishtirilgan mahsulotlarni saqlash, do’konlarga etkazib berish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash tsexlarini tashkil etish jarayonlarini umumlashtiradigan «Tomorqa xizmati» klasterlari faoliyatini yo’lga qo’yishni davrning o’zi talab qilmoqda.

photo2022-12-2117-00-31.jpg

Bugun viloyatimizning Parkent tumani Zarkent qishlog’ida tashkil etilgan “Parkent Ziyo Nur» tomorqa xizmati klasterining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur tomorqa xizmati klasterida 12 ta yo’nalish mavjud bo’lib, 700 tonna mahsulotni saqlovchi sovutkichli ombor, kuniga 5 tonna mahsulotni saralash va qadoqlash uskunasi, kuniga 2 tonna uzum quritish tsexi, 2 gektar ko’chatchilik issiqxonasi, 300 tonna yuk saqlash ombori, 4 ta 1000 bosh yirik shoxli qoramol kompleksi, 300 tonna em ishlab chiqarish tsexi, sutni qabul qilish va qayta ishlash punkti, bir martalik sig’imi 10 ming bosh inkubator hamda boshqa zaruriy texnikalar mavjud.

photo2022-12-2117-00-35.jpg

Ushbu tomorqa klasterida hozirda 15 ta doimiy hamda 60 ta mavsumiy ish o’rni yaratilgan bo’lib, 3250 nafar tomorqa er egalari qamrab olingan.

https://toshvil.uz/oz/zarkent-kislogida-parkent-zie-nur-tomorka-hizmati-klasteri-is-bosladi

Social Share Buttons and Icons powered by Ultimatelysocial
error

Bizni kuzating

YouTube
YouTube
Telegram