Tuman Kengash kotibiyatining vazifalari va funksiyalari

Tuman Kengash kotibiyatining vazifalari va funksiyalari

Chop etish Yuklab olish (12 Kb)

Quyidagilar tuman Kengashi kotibiyatining vazifalari hisoblanadi:
fermerlik faoliyatini rivojlantirish sohasida qonunchilikni takomillashtirish, fermer xo‘jaliklarning moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash va ularning mulkiy munosabatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
fermer xo‘jaliklarning huquq va qonuniy manfaatlarini jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat organlari, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalari bilan munosabatlarda, shuningdek, sudda ishlarni ko‘rish vaqtida himoya qilish;
fermer xo‘jaliklarni tuzish va qayta tashkil etishda ochiqlik, oshkoralik va qonuniylik prinsiplarini ta’minlash, ularga yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga berish maqsadida jamoat nazoratini amalga oshirish;
huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik va boshqa masalalar bo‘yicha konsalting markazlarini, shuningdek, ishlab chiqarish, sotib olish, qayta ishlash va mahsulotlarni o‘tkazish bo‘yicha jamiyatlarni va boshqa fermer xo‘jaliklari kooperatsiyasining turlarini tashkil etish va kengaytirish;
7. Yuklangan vazifalarga muvofiq tuman Kengashi kotibiyati quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
o‘zining hududida fermerlikni rivojlantirishning dolzarb muammolarini o‘rganadi va fermerlikni rivojlantirish sohasida qonunchilikni takomillashtirish, fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnik va moliyaviy bazasini mustahkamlash, ularning mulkiy huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ular faoliyati masalalariga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari tayyorlanayotganda ishtirok etish;
fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvoli va moddiy-texnik ta’minlanganligini tahlil qilish hamda uning natijasiga ko‘ra tegishli taklif va chora-tadbirlar ishlab chiqish;
fermer xo‘jaliklari tomonidan kontraktatsiya, moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish va servis xizmatini ko‘rsatish yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etish;
fermer xo‘jaliklari tomonidan tuzilgan shartnomalarning o‘z vaqtida bajarilishini monitoring qilishda ishtirok etish, da’vo ishlarini yuritishda fermer xo‘jaliklariga ko‘mak berish;
bozorlarda talab va takliflarni o‘rganib chiqib o‘zining a’zolariga kerakli bo‘lgan maxsulotlarning bozor narxlari bo‘yicha amaliy ko‘mak berish;
Tuman fermerlar kengashiga a’zo fermerlarning huquqlari buzilganligi yuzasidan va ularning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab davlat organlariga takliflar kiritish;
o‘z a’zolarining qishloq xo‘jaligi sohasida respublikada o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish;
o‘z a’zolariga kredit olishda konsultativ va metodik yordam berish;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.


Ko'rildi: 12

Тошкент вилоятининг Юқори Чирчиқ туманидаги “Фарадис хирмони” фермер хўжалигида ёш тадбиркор ва фермерларнинг муаммолари, таклиф ва истакларини ўрганишга бағишланган очиқ мулоқот ўтказилди.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 noyabrdagi “2014 yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanishning istiqbol ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi 311-sonli qaroriga asosan

Bu yil dehqonu fermerlarimiz mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida ilk bor 7 million 610 ming tonnadan ziyod g‘alla xirmoni uyishdi.