O‘ZBEKISTONDA FERMERLAR KENGAShI TA’SIS ETILDI

O‘ZBEKISTONDA FERMERLAR KENGAShI TA’SIS ETILDI

Chop etish Yuklab olish (12 Kb)

        2012 yilning 22 oktyabr kuni davlat rahbari “O‘zbekistonda fermerchilik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagandi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Fermerlar kengashini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar feremralar kengashlarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Mamlakatning barcha hududlaridan kelgan 350 ga yaqin fermer ta’sis konferensiyasining ishtirokchilari bo‘lishdi.
Yangidan tuzilayotgan O‘zbekiston Fermerlar kengashi oldida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, fermer xo‘jaliklarining moddiy va moliyaviy bazasini mustahkamlash, fermerlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi dolzarb vazifalar turibdi.
Ustuvor harakatlar orasida qishloq joylarda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, agrotexnik va boshqa masalalar bo‘yicha konsalting markazlari tarmoqini tashkil etish va kengaytirishga ko‘maklashish masalasi ham bor.
Ta’sis konferensiyasida tashkiliy masalalar qal etildi, Kengash raisi saylandi, uning miqdoriy tarkibi belgilandi. Shuningdek, taftish komissiyasi a’zolari saylandi, tumanlar, shaharlar va viloyatlar Fermerlar kengashlarining ta’sis konferensiyalarini o‘tkazish muddatlari kelishib olindi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilarning O‘zbekistondagi barcha fermerlar va dehqonlarga murojaat qabul qilinib, unda keyingi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bildirildi.


Ko'rildi: 12

Тошкент вилоятининг Юқори Чирчиқ туманидаги “Фарадис хирмони” фермер хўжалигида ёш тадбиркор ва фермерларнинг муаммолари, таклиф ва истакларини ўрганишга бағишланган очиқ мулоқот ўтказилди.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 noyabrdagi “2014 yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanishning istiqbol ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi 311-sonli qaroriga asosan

Bu yil dehqonu fermerlarimiz mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida ilk bor 7 million 610 ming tonnadan ziyod g‘alla xirmoni uyishdi.