Ishonch telefon reglamenti

Ishonch telefon reglamenti

Chop etish Yuklab olish (12 Kb)

“O'zbekiston Respublikasi Fermerlar kengashi ” NING JISMONIY VA YuRIDIK ShAXSLARNING MUROJAATLARINI YaGONA IShONCh TELEFONI ORQALI QABUL QILISh TARTIBI
(ISHONCH TELEFONI +99871 267 40 94)


1. Xizmat tavsifi (pasporti)

1.1. Xizmat nomi
«Fermerlar Kengashi “Ishonch telefoni” orqali jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish +99871 267 40 94.

1.2. Xizmat natijasi
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilishni ko‘rib chiqish «Fermerlar Kengashi»  vakolatiga kiradi.

1.3. Xizmatni ko‘rsatuvchi organlar
«Fermerlar Kengashi».

1.4. Huquqiy asoslar
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.

1.5. Xizmatni oluvchi
Yuridik va jismoniy shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

1.6. So‘rovnomani berish muddati
Har kuni, bayram kunlaridan tashqari, soat 08:00 dan 24:00 gacha.

1.7. Bajarish muddati
Murojaatlar «Uzvinprom-xolding» XKning ichki muayyan hujjatlari bilan belgilangan muddatlarda va tartibda ko‘rib chiqiladi .

2.Xizmatni oluvchilarni xabardor qilish

2.1. Ma’lumotlar tarkibi va hajmi
Taqdim qilinayotgan ma’lumotlar tarkibi va hajmi murojaatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha belgilanadi.

2.2. Keng xabardor qilish
Jismoniy va yuridik shaxslarni “Ishonch telefoni” raqamlari orqali xabardor qilish www.uzfk.uz. rasmiy veb-saytda amalga oshiriladi.

2.3. Xizmat so‘rovi bo‘yicha xabardor qilish telefon qo‘ng‘irog‘i yo‘li bilan olinadi.

2.4. Hujjatlarning foydalanadigan blanklari (shakllari)
Fuqarolarning murojaatlari “Ishonch telefoni” orqali murojaatlarni qayd qilish kitobiga kiritiladi.

3. Xizmat ko‘rsatish

3.1. Ish vaqti
Murojaatlar bayram kunlaridan tashqari har kuni, dam olish kunlarisiz qabul qilinadi.

3.2. Kutish shartlari
Telefon qo‘ng‘irog‘i vaqtidagi xizmatni ko‘rsatish navbat usuli bo‘yicha amalga oshiriladi.

BIRIKTIRILGAN HUJJAT:

(ISHONCH TELEFONI) reglamenti 20 KB.doc


Ko'rildi: 12

Тошкент вилоятининг Юқори Чирчиқ туманидаги “Фарадис хирмони” фермер хўжалигида ёш тадбиркор ва фермерларнинг муаммолари, таклиф ва истакларини ўрганишга бағишланган очиқ мулоқот ўтказилди.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 noyabrdagi “2014 yilda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz va uzum ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanishning istiqbol ko‘rsatkichlari to‘g‘risida”gi 311-sonli qaroriga asosan

Bu yil dehqonu fermerlarimiz mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi tarixida ilk bor 7 million 610 ming tonnadan ziyod g‘alla xirmoni uyishdi.