Afrikada bananlarga CRISPR/Cas9 — organizmlar genomini o‘zgartirish texnologiyasi qo‘llanila boshlandi, deb xabar berdi TravelAsk.

Foto: Google Images

U banan kolimovirusi sababli xavfli kasallikka chalinishi mumkin bo‘lgan mahalliy banan navini saqlash maqsadida amalga oshirildi.

Afrika mamlakatlari banan eksport qiluvchi yirik eksportchilar qatoriga kirmaydi. Yetishtirilgan mevalarning asosiy qismi esa ichki bozorda iste’mol qilinadi.

O‘tgan asrning 50-yillarida ushbu mintaqada birinchi marta bananlarni ommaviy ravishda nobud bo‘lishga olib keluvchi virus qayd etilgan.

Bu virusning xavfli jihati shundaki, u uzoq vaqt davomida hech qanday belgilar bildirmasligi mumkin.

Zararlangan banan plantatsiyalari juda yaxshi o‘sadi va u o‘sish sharoitida keskin o‘zgarishlar bo‘lguncha meva beradi. Bunday o‘zgarishlarga uzoq davom etuvchi jazirama issiq va bir—ikki hafta davomida yog‘ingarchilik bo‘lmaganini kiritish mumkin. Shunday sharoitda viruslar o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi va buning oqibatida butun boshli plantatsiyalardagi mevalar nobud bo‘lishi mumkin.

Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, o‘simlikni virusdan xalos qilish uning kelajakda zararlanmasligiga kafil bo‘la olmaydi. Aynan shuning uchun genetik olimlar bu borada tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Uning amalga oshish-oshmasligini esa vaqt ko‘rsatadi.

https://daryo.uz/2019/02/09/afrikalik-olimlar-bananlar-genini-ozgartirishga-kirishdi/